"Liverpul" rekord summadagi transferga tayyorlanmoqda

  • 20 avgust, 20:20
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" yozgi transferlar oynasini faol o‘tkazmoqda. Mersisaydliklarning eng qimmat transferi hali oldinda bo‘lishi kutilmoqda.

"The Sun" nashrining xabar berishicha, klub "Nyukasl" hujumchisi Aleksander Isak uchun yangi taklif tayyorlamoqda. Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "Liverpul" hujumchi uchun 130 million funt sterling taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Ushbu ko‘rsatkich Angliya klublari orasidagi rekord transfer summasi bo‘ladi. Bundan avval ham "Liverpul" 25 yoshli futbolchi uchun taklif yuborgan edi, ammo "Nyukasl" 110 million funtlik ni qabul qilmagan. Ta’kidlash joizki, "Liverpul"ning yangi taklifi jamoalarning Premer-liga doirasidagi 25 avgust kungi o‘zaro uchrashuvidan keyin yuboriladi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!