
"Liverpul" Saloh ketsa, o‘rniga kimni sotib olishi ma’lum
"Liverpul" va "Nyukasl" o‘z o‘yinchilarini sotmaguncha Federiko Kezani sotib ololmaydi.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, "Yuventus" uchun shartnomani uzaytirish qiyin bo‘ladigan vingerga Angliyaning ikkala klubi ham qiziqish bildirmoqda. "Aston Villa" ham italiyalik futbolchiga da’vogarlik qilgan edi, ammo futbolchini bu variantga qiziqmadi.
O‘z navbatida turinliklar takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor, ammo ular futbolchini 50 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.
"Liverpul" va "Nyukasl" mos ravishda Muhammad Saloh va Allan Sent-Maksiminni sotgan taqdirdagina, Kezani xarid qilishga urinishi mumkin. Ikkala futbolchi ham faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
Keza o‘tgan 2022/23 yilgi mavsumda A Seriyada 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
Fikrlar