“Liverpul” Saloh o‘rniga hujumchi topdi

  • 24.09.2021 16:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” rahbariyati “Ayaks”da porlayotgan braziliyalik hujumchi David Neresni transfer qilishni rejalashtiryapti. Ma’lumotlarga qaraganda, bu futbolchiga shaxsan Yurgen Klopp qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Germaniyalik mutaxassis Neresni jamoaning asosiy to‘purari Muhammad Salohga munosib o‘rinbosar bo‘lishiga ishonyapti va uni yanvarda qo‘lga kiritmoqchi.

Bu oson bo‘lmaydi. Chunki “Ayaks” bosh murabbiyi Erik ten Xag 24 yoshli hujumchini yozgacha jamoadan ketishiga ruxsat bermayapti. David Neres mavsum yakunlangach, kelajagi haqida yangilik qilishi mumkin xolos.

Braziliyalik futbolchi Niderlandiya chempionatida beshta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga bir juft gol yozib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!