"Liverpul" Salohning transferi bo‘yicha 2 ta grand klubdan taklif olgan

  • 16.06.2019 14:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" va "Yuventus" klublari "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohni sotib olishga urunib ko‘rishdi.

Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra har ikkala jamoa ham 27 yoshli misrlik futbolchi uchun 170 million evrodan taklif qilishgan. Biroq, Saloh mersisaydliklar safida qolishga qaror qilgan.

Ma’lumot uchun, Saloh ortda qolgan mavsum “Liverpul” safida jami 52ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 27ta gol hamda 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. Transfer narxi esa 150 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!