"Liverpul" sardori noma’lum muddatga safdan chiqdi

  • 14 mart, 2019, 14:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi sardori Jordan Xenderson jarohat olib safdan chiqdi.

Tecno

28 yoshli futbolchi kecha “Bavariya”ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinning 13-daqiqasidayoq jarohat oldi va maydonni tark etdi. Uning o‘rniga uchrashuvni Fabino davom ettirdi.

“Xenderson to‘pig‘ini qayrib oldi. Umid qilamanki jarohat biz o‘ylaganchalik jiddiy emas”, - deydi mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp.

Uning qachon safga qaytishi tez orada o‘tkaziladigan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Xenderson joriy mavsum “Liverpul” safida jami 32ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!