"Liverpul" sardori Saudiya klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

  • 23 iyul, 2023, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" sardori va yarim himoyachisi Jordan Xenderson Saudiyaning "Al-Ittifoq" klubiga o‘tishga yaqin turibdi, deb xabar bermoqda The Athletic.

Manbaga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi bo‘lajak jamoasi bilan shartnoma imzolashdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Hozirda tomonlar transfer hujjatlarni rasmiylashtirmoqda. Uning “Al-Ittifoq”ga transferi kelasi hafta e’lon qilinishi kutilmoqda.

Mersisayd klubi Jordanning sotuvidan 12 million evro ishlab oladi. Yarim himoyachining o‘zi esa Saudiya klubida haftasiga 800 ming evro maosh oladi.

Xenderson o‘tgan mavsum “Liverpul” tarkibida 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!