"Liverpul" sardori yangi mavsum startini o‘tkazib yuborishi mumkin

  • 10 iyul, 2020, 20:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi sardori Jordan Xenderson yangi mavsum startini o‘tkazib yuborishi mumkin.

The Guardian nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 30 yoshli futbolchining tizzasidan olgan jarohati jiddiy bo‘lib chiqishi mumkin. U bugun chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishi kutilmoqda.

Xenderson joriy mavsum “Liverpul” safida 40 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!