“Liverpool” shartnoma bergani yo‘q
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpurpul”ning yetakchi himoyachilaridan Endryu Robertson klub rahbariyati unga hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha yangi shartnoma taklif qilmaganini ma’lum qildi.
- Men yangi shartnomani rad etdim yoki shunga o‘xshash holat bo‘ldi, deyish noto‘g‘ri. Menga yangi bitim bo‘yicha taklif bo‘lgan emas.
Faqat bu bo‘yicha gap bo‘ldi xolos.
Bu shunday suhbat edi: “Yaxshi, men nimani xohlayman, o‘ynashni xohlayman va hali ham o‘ynash uchun yetarlicha yaxshi ekanimga ishonaman”.
Menimcha, nimlarga qodirligimni joriy mavsumda ham ko‘rsatdim. O‘tgan mavsumda ketishga yaqin edim, lekin qolishga qaror qildim. Yanvarda ham huddi shunday bo‘ldi,- dedi Robertson Sky Sports nashriga.
O‘tgan hafta Robertson mavsum oxirida, shartnomasi tugagach, “Liverpul”ni tark etishini e’lon qilgan edi. Avvalroq, uning “Tottenxem”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan.
Himoyachi 2017 yildan buyon mersisaydliklar safida o‘ynab kelmoqda. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 373 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 69 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar