"Liverpul" sobiq futbolchisi Saloh ketsa, uning o‘rnini kim egallay olishini aytdi

  • 27 yanvar, 16:27
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh kelajagi borasida yakuniy qarorga kelmadi. Uning amaldagi shartnomasi o‘z nihoyasiga etishiga 6 oydan kam vaqt qoldi.

Tecno

32 yoshli hujumchiga Saudiya Pro ligasi klublari qiziqmoqda, shuningdek, uning agenti PSJ bilan aloqa qilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

"Sky Sports" telekanali eksperti Jeymi Karrager "Liverpul" yulduzining kelajagini muhokama qilib, "Brentford" hujumchisi Brian Mbemo misrlik futbolchining o‘rnini bosuvchi eng to‘g‘ri variant bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. 

Misrlik hujumchi joriy mavsumda APL doirasida 22 o‘yinda 19 ta gol urib, 13 ta golli uzatma amalga oshirdi. "Brentford"ning kamerunlik etakchisi bo‘lsa, 23 ta o‘yinda 14 ta gol va 3 ta assist qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!