"Liverpul" to‘purar hujumchi bilan kelishuvga erishdi

  • 30.07.2025 19:36
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" "Nyukasl" hujumchisi Aleksander Isak bilan kelishuvga erishdi.

 Mersisaydliklar "Nyukasl" hujumchisi bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani og‘zaki kelishib oldi, deb xabar bermoqda Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg.

Shvetsiyalik hujumchi "qizillar" safiga shu transferlar oynasdayoq qo‘shilishni istamoqda, klublar aloqaga chiqishmoqda. "Liverpul" futbolchiga taxminan Yugo Ekitikening maoshi miqdorida maosh taklif qilmoqda.

"Qarg‘alar" "Leytsig" forvardi Benyamin Sheshko transferi ustida faol ishlamoqda, ammo "Manchester Yunayted" ham sloveniyalik futbolchi uchun kurashda ishtirok etmoqda.

Isak o‘tgan mavsum APLda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!