"Liverpul" Vernerga 10 million evro maosh taklif qildi
“Liverpul” klubi hamon “RB Leyptsig” forvardi Timo Vernerning transferi ustida ish olib bormoqda.
Italiyalik jurnalist Nikola Sakiraning ma’lum qilishicha, mersisaydliklar 24 yoshli nemis futbolchisiga 5 yillik shartnoma va yiliga 10 mln evro maosh taklif qilishgan. Timo ham ushbu taklifga rozilik bildirgan. Endi “Liverpul” faqatgina “RB Leyptsig”ni ko‘ndirsa bas.
Verner joriy mavsum 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va 27 ta gol hamda 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt sayti uni 64 mln evroga baholamoqda.



Fikrlar