"Liverpool" "Tottenxem" futbolchisini nishonga oldi

  • 11.01.2026 13:07
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" "Tottenxem" himoyachisi Mikki Van de Venni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.  Bu haqida "CaughtOffside" nashri ma’lum qildi.

Tecno

Manba berilgan ma’lumotga ko‘ra, mersisaydliklar 24 yoshli futbolchini "Volfsburg"dagi faoliyatidan beri kuzatib keladi. Jamoa rahbariyati niderlandiyalik himoyachining so‘nggi paytlarda ko‘rsatayotgan ajoyib o‘yinlaridan Virjil van Deykga o‘rinbosar deb hisoblamoqda.

Mikkining hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 65 million yevroni tashkil etadi. Uning London klubi amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, himoyachi joriy mavsum "shporlar" safida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 1 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!