“Liverpul” uch kun ichida kamida uchta futbolchini sotadi
“Liverpul” yozgi transferlar mavsumi yopiladigan sana – 5 oktyabrga qadar kamida uch nafar futbolchisini sotib yuborishga harakat qilmoqda.
Yurgen Klopp yangi mavsumda hujumchi Rayan Bryuster, vinger Harri Uilson va xavbek Marko Gruyich xizmatidan foydalanmaydi va ularni ushlab o‘tirishning hojati qolmaydi.
Hozircha, futbolchilarning har biriga muayyan takliflar bor. Bryuster uchun “Sheffild Yunayted” 20 million funt taklif qilmoqda. “Byornli” 12 million funtga Uilsonni sotib olishga harakat qilyapti. “Borussiya M” Marko Gruyich transferi bo‘yicha muzokara olib bormoqda. “Liverpul” bu transferlardan 50 million funt ishlab olmoqchi.
Shuningek, Yurgen Kloppning yosh shogirdlaridan Ben Vudbernga “Xall Siti”, Zepp van den Bergga “NEK Zvolle” va Yasir Larusiga “Norvich”dan taklif bo‘lmoqda.
Fikrlar