
"Liverpul" va "Tottenxem" bosh murabbiylarining fikri bir joydan chiqdi
"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Kloppning fikricha, Angliya Liga kubogi yarim finali bitta o‘yindan iborat bo‘lishi kerak.
“O‘ylaymanki, bitta o‘yin bo‘lsa yaxshi bo‘lardi, lekin men aytayotgan gaplar unchalik muhim emas.
Agar 2 ta o‘yin bo‘lsa, biz 2 ta o‘yin o‘tkazamiz. Ammo bitta o‘yin bo‘lsa foydali bo‘lardi.
Qur’a bizni "Arsenal"ga to‘g‘riladi, bu menga mos. Biz ular bilan o‘ynaymiz va kim kuchli ekanligini aniqlaymiz”, - dedi Klopp.
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte ham germaniyalik hamkasbining fikrini qo‘llab-quvvatladi.
“Agar aytganlarim yordam bersa, tez-tez gapirib turardim. Ammo bu so‘zlar bilan men faqat sarlavhalar yaratyapman. Ular hech qachon kerakli joyga etib bormaydi.
Balki ikkita o‘yin o‘rniga bitta o‘yin o‘tkazgan ma’qulroqdir, ayniqsa hozirgi vaziyatda, lekin biz qoidalarni hurmat qilishimiz kerak", - dedi Konte.
Ushbu turnirning yarim finalida “Liverpul” “Arsenal” bilan, “Tottenxem” esa “Chelsi” bilan kuch sinashadi.
Fikrlar