"Liverpul" Virtsdan so‘ng yana bir katta transferga qo‘l urmoqchi

  • 19 iyun, 14:30
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"GiveMeSport" nashrining xabar berishicha, "Liverpul" "Nyukasl" hujumchisi Aleksander Isaκni o‘z safiga qo‘shishni xohlamoqda va uning uchun 100 million funt hamda bonuslar taklif etishga tayyor. Agar barcha bonuslar to‘lanadigan bo‘lsa, bu transfer summasi Florian Virts uchun ko‘zda tutilgan 116 million funtlik rekordni ham ortda qoldirishi mumkin.

Tecno

Bu transferga mablag‘ asosan Darvin Nunesni sotish orqali qoplanishi rejalashtirilgan.

Biroq, mersesayjliklar Isaκni olib kelish oson bo‘lmasligini yaxshi biladi. Shu bilan birga, "Nyukasl" 25 yoshli shved futbolchisi uchun 150 million funtdan ko‘proq so‘rashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Isaκ APLda 23 ta gol va 6 ta golli pas bilan ishtirok etdi. U APLda Muhammad Salohdan (29 gol) keyin ikkinchi to‘purarga aylangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!