"Liverpool" Xabi Alonsoning "Chelsi"ni tanlaganidan xafa bo'ldi
"Liverpul" rahbariyati Xabi Alonsoning "Chelsi" bosh murabbiyiga aylangani haqidagi qarordan norozi bo‘lgan.
"The Telegraph" ma’lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar ispaniyalik mutaxassisni yana 2024 yil yozida, Yurgen Klopp ketganidan keyin jamoaga olib kelishni istagan. Biroq o‘sha vaqtda Alonso ingliz klubiga rad javobini bergan va oradan bir yil o‘tib “Real” taklifini qabul qilgan.
Manbaga ko‘ra, “Liverpul” egasi hisoblangan FSG holdingi rahbarlari o‘tgan hafta Alonsoning “Chelsi”ni boshqarishga rozi bo‘lganidan so‘ng qattiq xafa bo‘lgan.
Shundan keyin klub Arne Slotni, jamoaning omadsiz mavsumiga qaramasdan, bosh murabbiy lavozimida olib qolishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso 2004–2009 yillar oralig‘ida “Liverpul” sharafini futbolchi sifatida himoya qilgan.

Fikrlar