"Liverpool" yangi murabbiy bilan kelishib oldi
"Liverpul" klubi Andoni Iraola bilan hamkorlik qilish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi.
"The Athletic" xabariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis mersisaydliklar bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. U "Bornmut"da ham xuddi shunday muddatdagi kelishuv asosida ishlagan edi.
Manbaning ta’kidlashicha, agar barcha jarayonlar reja bo‘yicha davom etsa, Iraolaning "Liverpul" bosh murabbiyi etib tayinlangani shu hafta rasmiy e’lon qilinadi.

Fikrlar