"Liverpul" yarim himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi

  • 22.11.2025 15:40
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Nottingem Forest" tayanch yarim himoyachisi Elliot Anderson faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin.

"Team Talk" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, mersisaydliklar 23 yoshli futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. "Qizillar" futbolchini yozda jamoaga olib kelish uchun jiddiy kurash olib boradi. "O‘rmonchilar" o‘z yulduzi uchun kamida 120 million evro talab qilishi kutilyapti. Angliyalik futbolchini "Manchester Yunayted" ham jamoada ko‘rishni istamoqda. Andersonning o‘zi ham "qizil iblislar"ga o‘tishni ma’qul ko‘radi. Xavbek o‘tgan yozda "Nottingem Forest"ga safiga kelib qo‘shilgan edi. 

Ma’lumot uchun, yarim himoyachi joriy mavsumda barcha musobaqalarda umumiy 14 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol va bitta assistni yozdirib qo‘ygan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!