
"Liverpul" yo‘qotishlarga uchradi
Roberto Firmino va Jeyms Milner jarohati sabab "Liverpul"ning keyingi ikki o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp ma’lum qildi.
Ushbu futbolchilar 26 va 30 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi premer-liganing "Aston Villa" va "Lester"ga qarshi uchrashuvlarida jamoaga yordam bera olishmaydi.
Ammo sog‘ayib ketgan himoyachi Trent Aleksandr-Arnold va yarim himoyachi Aleks Oksleyd-Chemberlen maydonga tushishi mumkin. Niderlandiya terma jamoasi safidan “Liverpul”ga qaytgan himoyachi Virjil van Deyk ham uchrashuvlarga hozirlik ko‘rmoqda.
Bundan tashqari, 27 dekabrdan Frantsiya terma jamoasi safida JCh-2022 finalida Argentinaga qarshi o‘ynagan (3:3, pen. 2:4) Ibrohim Konate mashg‘ulotlarga qo‘shiladi.
Fikrlar