
"Liverpul" yozda yirik transferga tayyorlanmoqda
Mundo Deportivo nashi xabariga ko‘ra, "Liverpul" germaniyalik xavbek Kay Xaverts uchun kurashda etakchiga aylanib oldi.
Futbolchiga "mersisaydliklar"dan tashqari "Manchester Yunayted", "Barselona" va "Bavariya" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Biroq, liverpulliklar futbolchi uchun asosiy da’vogar hisoblanishmoqda.
Manbaga ko‘ra, "Liverpul" ushbu transferni yozda amalga oshirish niyatida. Bu transfer uchun "qizillar" o‘z byudjetidan 107 million funt ajratishga ham tayyor.
17 yoshli Xaverts umumiy hisobda "Bayer" safida 126 ta o‘yinda maydonga tushib, 31 gol va 23 gollik uzatma muallifiga aylangan.
Fikrlar