"Liverpul" yulduzi eng yaxshi to‘purarga aylanib oldi

  • 05.06.2022 15:18
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

2023 yilgi Afrika Millatlar kubogi saralash turniri doirasidagi Senegal - Benin uchrashuvida mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi.

Senegalliklar yulduzi Sadio Mane xet-trik qayd etib, jamoasi g‘alabasini ta’minladi. Bundan tashqari, u milliy terma jamoa libosida kiritilgan gollari sonini 32 taga etkazib olgan holda, eng yaxshi to‘purarga aylandi.

Bungacha u ro‘yxatda Anri Kamara bilan ho‘shhokimlik qilayotgandi. 30 yoshli vinger Senegal tarkibida 2012 yilning 25 may sanasida debyut qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!