
“Liverpul” yulduzi klubga g‘alati talab qo‘ydi
“Liverpul” tarbiyalanuvchisi Trent Aleksander-Arnold kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorga kelishi kerak.
“Real” 26 yoshli himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Madridliklar o‘yinchini yanvarda olish uchun liverpulliklarga 25 million evro to‘lashga ham tayyor.
Biroq “Liverpul” hali Trent bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokarani to‘xtatgani yo‘q.
Taniqlik jurnalist Ben Jeykobs Trent Aleksander-Arnold klubga ikkita katta shart qo‘yganini ma’lum qildi. Birinchidan, Trent klub unga katta maosh ko‘rsatilgan kamida uch yillik bitim berishini so‘rayapti.
Eng g‘alati tomoni shundaki, Aleksander-Arnaold ikkinchi talabida kelajakda “Liverpul” sardori vakolati aynan unga topshirilishini kafolatlanishini istayapti.
Fikrlar