
"Liverpul" "Yuventus" himoyachisi uchun salkam 60 mln evro taklif qilmoqda
"Liverpul" rahbariyati "Yuventus" himoyachisi Merix Demiralning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Fanatik nashri tarqatgan xabarga qaraganda, mersisaydliklar 22 yoshli turkiyalik futbolchini joriy qishki transferlar davrida sotib olmoqchi va buning uchun turinliklarga 58 million evro to‘lashga tayyor. Ammo "Yuventus" “Liverpul”ning bu boradagi dastlabki taklifini rad etgan. APL chempioni esa bu borada navbatdagi taklifini tayyorlamoqda.
"Liverpul" ayni damda himoya chizig‘ida juda katta muammolarga duch kelgan. Jumladan, Virjil van Deyk, Jo Gomes, Joel Matip va Fabino jarohat olib safdan chiqqan.
Demiral joriy mavsum “Yuventus” safida jami 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar