“Liverpool” zo‘r o‘yinchini bepul oladigan bo‘lyapti
Angliya chempionligi unvonini munosib himoya qila olmagan “Liverpul” kelasi mavsum oldidan tarkibida jiddiy oʻzgarishlar qilishni rejalashtirmoqda.
Mersisaydliklar “Bornmut” himoyachisi Markos Senesini oʻz safiga qoʻshib olish uchun uchun kurashga faol ravishda qoʻshildi.
Insayder Matteo Moretto maʼlumotiga koʻra, 28 yoshli argentinalik futbolchi hozirgi klubi bilan yakunlanib borayotgan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani sabab yozda erkin agent sifatida jamoani tark etadi.
Avvalroq, oʻyinchiga asosiy daʼvogar «Tottenxem» hisoblangan va u allaqachon futbolchi bilan muzokara oʻtkazib, shaxsiy shartlar boʻyicha kelishib olgan edi. Biroq oʻyinchini olish masalasiga “Liverpul”ning qoʻshilgani Senesining tanloviga taʼsir qilishi ehtimoli yuqori.
Qoldaversa, Markos Senesiga Italiya klublaridan chorlov boʻlayotganiga qaramay, u faoliyatini Angliya Premier-ligasida davom ettirishni istamoqda.
Himoyachi ishonchli oʻyini, hujumlarni boshlab berish qobiliyati va ikkinchi qavatdagi samarali harakatlari tufayli Angliya chempionatining eng barqaror markaziy himoyachilaridan biri hisoblanadi.

Fikrlar