"Liverpul"ning 7 nafar futbolchisi ramziy terma jamoadan o‘rin oldi

CHERY AUTO

BBC o‘z obunachilari orasida APL joriy mavsumining ramziy terma jamoasi borasida so‘rovnoma o‘tkazdi.

Ushbu tarkibdan "Liverpul"ning 7 nafar a’zosi, "Manchester Siti"ning 2 futbolchisi hamda "Manchester Yunayted" va "Lester"ning bittadan vakili o‘rin oldi.

Darvozabon: Alisson ("Liverpul");

Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold, Virjil van Deyk, Endryu Robertson (barchasi "Liverpul"), Chaglar Seyunjyu ("Lester");

Yarim himoyachilar: Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti"), Jordan Xenderson ("Liverpul") va Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted");

Hujumchilar: Muhammad Saloh ("Liverpul"), Serxio Aguero ("Manchester Siti") va Sado Mane ("Liverpul").

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!