
"Liverpul"ning etakchi futbolchisi Turkiya chempionining taklifini o‘ylab o‘tirmay rad javobini berdi
Turkiyaning amaldagi chempioni — "Galatasaray" yangi darvozabon izlashni faol davom ettirmoqda. Jurnalist Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, klub bir necha hafta avval "Liverpul" posboni Alisson Bekkerga rasmiy taklif yo‘llagan.
Biroq, 32 yoshli braziliyalik golkiper bu taklifni rad etdi. Alisson 2018 yildan beri mersesaydliklar safida to‘p surib kelmoqda va u bilan tuzilgan shartnoma 2027 yilgacha amal qiladi. Manbaning ma’lum qilishicha, turkiyaliklar Mamardashvilining jamoaga kelishi Bekkeri ketish ehtimolini oshirishi mumkin, deb o‘ylagan.
Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 35 o‘yinda ishtirok etib, 33 ta gol o‘tkazib yubordi va 13 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 20 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar