
"Liverpul"ning hujum uchligi APLda antiqa rekord o‘rnatdi
Xabaringiz bor kecha “Liverpul” APLning 36-turida o‘z maydonida “Xaddersfild”ni qabul qildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu kuni mersisaydliklarning gollariga Muhammad Saloh (2), Sadio Mane (2) va Nabi Keytalar (1) mualliflik qilishdi. E’tiborlisi, APL tarixida ilk bor bir o‘yinda bir jamoadan 5ta golini bitta qit’a futbolchilari kiritishdi. Qayd etish lozimki, yuqoridagi uchchala futbolchi ham afrikalik hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” ayni damda 91 ochko bilan premer-liga musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar