“Liverpul”ning katta transferini barbod qilgan aybdor nomi aytildi

  • 2 sentabr, 17:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” rahbariyati yozgi transferlar bozorini juda faol o‘tkazganiga qaramay, o‘zlari ko‘zlagan barcha o‘yinchilarni qo‘lga kirita olmadi.

Tecno

Angliya chempionlari himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida “Kristal Pelas” sardori Mark Gexin olib kelmoqchi edi.

Taniqli insayder Fabritsio Romano ham bu transferning ehtimolini yuqori baholagan edi. Mark Gexi “Liverpul” uchun tibbiy ko‘rikdan ham o‘tib bo‘lgandi. Biroq oxirida transfer barbod bo‘ldi.

TALKSPORT nashriga ko‘ra, “Kristal Pelas” Gexi o‘rniga “Brayton”ning braziliyalik legioneri Igorni olib kelmoqchi bo‘lgan. Ammo “Kristal Pelas” bosh murabbiyi Oliver Glasner o‘z qarori bilan ikkala transferni ham bekor qildi.

Germaniyalik mutaxassis klub rahbariyatiga agar ular Mark Gexini sotib yuboradigan bo‘lsa, klubdan ketishini uqtirgan. Glasner o‘tgan mavsum “Kristal Pelas”ni klub tarixida ilk bor Angliya kubogi va Superkubogi sohibiga aylantirgani bois rahbariyat uning talabini qabul qilishga rozi bo‘ldi.

   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!