
"Liverpul"ning qo‘rqinchli tushi davom etadi: yana bir etakchi jarohat oldi
"Goal.com" nashrining ma’lum qilishicha, bu haqida Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt aytib o‘tgan. 30 yoshli futbolchi kuni kecha Belgiya terma jamoasiga qarshi Millatlar Ligasi bahsida jarohat olib, maydondan olindi.
"Xenderson tanaffusda oyog‘ida og‘riq his qildi va biz tavakkal qilishni xohlamadik. Uning holati haqida batafsil ma’lumotni keyinroq e’lon qilamiz", - dedi Sautgeyt.
Avvalroq, Yurgen Klopp markaziy himoyadagi muammolarni jamoaning tajribali yarim himoyachilari Jorjino Veynaldum va Jordan Xenderson bilan to‘ldirmoqchi bo‘layotgani aytilgandi.
Fikrlar