"Lokomotiv" 4 futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 7 yanvar, 2024, 17:18
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lokomotiv" klubi 4 futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. O‘tgan mavsum "Andijon" jamoasi sharafini himoya qilgan Sardor Abdunabiev "temiryo‘lchilar" bilan ikki yillik kelishuvga erishdi.

OKMK jamoasining tajribali futbolchilari Anzur Ismoilov hamda Sanjar Tursunov yangi mavsumda "Loko" sharafini himoya qiladi. Ular jamoa bilan yil so‘nggiga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekishdi.

Shuningdek, "Turon" vingeri Abdulazizxon Abdurashidov ham 2024 yilda toshkentliklar safida to‘p tepadi. 24 yoshli futbolchi jamoa bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!