"Lokomotiv" Chempionlar ligasini yutmoqchi

  • 7 iyul, 2021, 21:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sport-Ekspress" muxbiri Maksim Allanazarov o‘zining telegramdagi kanalida "Siz kimni olib keldingiz!" nomli maqolani e’lon qildi. Unda “Lokomotiv” klubning bosh direktori Vladimir Leonchenko tomonidan ishlab chiqilgan sport strategiyasi haqida ma’lumotlar bor.

Tecno

Unga ko‘ra, moskvaliklarning rejasida Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish, Evropa ligasida g‘olib bo‘lish va Rossiya chempionatida kamida besh mavsumdan uchtasida g‘olib chiqish kabi maqsadlar qo‘yilgan.

Shuningdek, "temiryo‘lchilar" jamoa qiymatining 250 million evrogacha o‘sishiga erishmoqchi. Transfermarkt talqiniga ko‘ra, ayni paytda "Lokomotiv" ning qiymati 88 million evroga baholamoqda.

"Lokomotiv" o‘tgan mavsum Rossiya premer-ligasida 3-o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!