"Lokomotiv" futbolchisi La Liga klubiga o‘tdi

  • 30 yanvar, 2020, 23:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning "Lokomotiv" klubi hujumchisi Fyodor Smolov faoliyatini "Selta" klubida davom ettiradi.

Ikkala klub ham 29 yoshli futbolchini mavsum oxirigacha ijara asosida ispanlar tarkibiga o‘tganini ma’lum qilishdi. Vigo klubida sotib olish huquqi ham bor.

Smolov "Selta"da tibbiy ko‘rikdan o‘tish qoldi holos!

Ma’lumot uchun, Forvard RPLning joriy mavsumida 14 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

La Liganing 21-turidan so‘ng, "Selta" 17 ochko bilan 18-o‘rinni egallab turipti. Chempionatning so‘nggi 13 ta bahsida jamoa bor-yo‘g‘i bir marotabagina g‘alabaga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!