
"Lokomotiv" rasman Dilshod Jo‘raevni o‘z safiga qo‘shib oldi
"Lokomotiv" yozgi transferlar oynasidagi ikkinchi transferni e’lon qiladi. Boya Qirg‘iziston terma jamoasi sardori Valeriy Kichin rasman "Lokomotiv" a’zosiga aylanganligi haqida xabar berib o‘tdik.
Endilikda Dilshod Jo‘raev ham rasman "Loko" futbolchisiga aylandi. Bu xususida ilgariroq Sports.uz orqali ma’lumot bergandik va futbolchining o‘zi bilan suhbat uyushtirgandik. "Temiryo‘lchilar" ushbu xabarni tasdiqladilar.
Dilshod Jo‘raev:
Tug‘ilgan yili va joyi: 1992 yil 21 aprel, O‘zbekiston
So‘nggi jamoasi: «Buxoro».
Fikrlar