“Lokomotiv” safida 2 nafar ivuarlik legioner ko‘rikdan o‘tmoqda

  • 27.12.2016 16:58
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Bilasiz, mamlakatimizning amaldagi chempioni – Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi 21 dekabrdan yangi mavsum oldidan ilk yig‘inini boshladi. Ayni paytda “temiryo‘lchilar” mashg‘ulotlarni davom ettirishmoqda.

Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yig‘inda ko‘rikda bo‘lib turgan 2 nafar kot d’ivuarlik legionerlar mavjud. Bular – 23 yoshli markaziy himoyachi Mohamed Gnontcha Kone hamda 19 yoshli hujumchi Gnohere Krizodir. Har ikki futbolchi ham bugungi mashg‘ulotda ishtirok etdi. Ertaga jamoa murabbiylar shtabi ushbu futbolchilarning harakatlariga “Olmaliq”qa qarshi o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvida baho berib olish imkoniga ega bo‘lishadi. Agar Kone hamda Krizoning harakatlari murabbiylarga ma’qul kelsa, ular jamoaning navbatdagi yig‘inlariga ham taklif etiladi.

Gnohere Krizo

Qayd etish joizki, Mohamed Kone ilgari Gretsiya, Moldova, Kipr chempionatlarida o‘ynashga ulgurgan. Gnohere Krizo esa Belarus va Moldova chempionatlarida harakat qilgan.

Mohamed Kone

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!