"Lokomotiv" tarkibini tajribali futbolchi bilan kuchaytirdi
O‘tgan mavsum Pro liga chempionligini qo‘lga kiritgan "Lokomotiv" jamoasi Superliganing yangi mavsumi oldidan jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda. Klub matbuot xizmati jamoa tarkibiga yangi futbolchi qo‘shilganini rasmiy ma’lum qildi.
"2023-yilda "Lokomotiv" tarkibida munosib o‘yinlar o‘tkazgan, jamoamiz sardori bo‘lgan Oleg Zoteev yangi mavsumda jonajon jamoasi uchun o‘ynaydi.
"Lokomotiv" tarkibidagi o‘yinlari orqali muxlislar mehrini qozongan Oleg Vladimirovich jamoamiz uchun 187 o‘yinda qatnashib, 10 gol va 13 assist qayd etgan.
"Lokomotiv"ga qaytish muborak, Oleg Zoteev!", — deyiladi "temiryo‘lchilar" rasmiy xabarida.
Fikrlar