"Lokomotiv" ustozi: "Nega bunday bo‘layotganini ochig‘i tushunmayapman"
Lokomotiv” klubi o‘z maydonida “Bunyodkor” bilan nursiz durang qayd etdi. Mazkur qarama-qarshilikdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Denis Korostichenko o‘z fikrlarini bildirdi.
- Bu juda og‘ir o‘yin bo‘ldi. Ikkala jamoa ham yutishi kerak edi. Biz uch ochkoni qo‘lga kiritishni juda xohlagandik. Bunga harakat qildik. Ammo AGMKga qarshi o‘yindan keyin mazkur uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishda tiklanib olish oson bo‘lmadi. Nega bunday bo‘layotganini ochig‘i tushunmayapman. Men aynan bugungi o‘yinni nazarda tutayotganim yo‘q. O‘yinlarimizni tez-tez yaxshi boshlayapmiz. Lekin gohida ustun, gohida kiritilgan gol hisobga olinmasligi, xuddi penaltidagi kabi yuz berganidek... Shundan keyin asabiylashishni boshlayapmiz va xatolarga yo‘l qo‘yyapmiz. Bunday vaziyatlar juda ko‘p kuzatildi. “Bunyodkor” buning uchun bizni jazolashi mumkin edi. Keyingi bahsda bundan yaxshirog‘iga umid qilib qolamiz. Ehtimol, bizga qandaydir omad etishmayapti.
Natija juda qoniqarli emas. Siz orqali jamoaga muxlislik qilgan ishqibozlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Futbolchilarni yaxshi qo‘llab-quvvatlashyapti. Ularga rahmat. Natija uchun uzr so‘rayman. Lekin bu boshlanishi. Keyingi mavsum hozirgi yosh futbolchilar ancha tajribali o‘yinchilarga aylanishlariga ishonaman, - dedi “Loko” ustozi.
Fikrlar