"Lokomotiv" va "Paxtakor"ning o‘zaro uchrashuvlaridagi to‘purar kimligini bilasizmi?

  • 29 noyabr, 2020, 08:30
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 25-turida "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Toshkent derbisi "Paxtakor" stadioni o‘tkaziladi. "Paxtakor" klubi matbuot xizmati o‘yindan avval qarama-qarshilik tarixidagi to‘purarlar haqida ma’lumotlar taqdim etdi.

O‘zaro o‘yinlarda "Paxtakor"ning O‘zbekiston chempionatidagi to‘purarlaridan biri Anvar Soliev  "Lokomotiv" darvozasini 10 marta ishg‘ol qilgan. Server Jeparov hisobida 5, Uche Ixeruome, Stanislav Andreev, Aleksandr Geynrix, Dragan Cheran va Jaloliddin Masharipovda 4tadan gol bor. "Temiryo‘lchilar"dan Marat Bikmaev 5 gol urishga erishgan. Zayniddin Tojiev, Akmal Xolmatov va Temurxo‘ja Abduxoliqov derbilarda har ikki jamoa uchun to‘p kiritgan futbolchilar sanaladi.

"Lokomotiv" bilan o‘zaro o‘yinlar to‘purarlari
10 - Anvar Soliev
5 - Server Jeparov, Marat Bikmaev
4 - Uche Ixeruome, Stanislav Andreev, Aleksandr Geynrix, Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov.

photo_2020-11-28_12-21-17

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!