"Lokomotiv"da nima gaplar?

  • 26 fevral, 2022, 12:55
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

24 fevral kuni "Mash’al" bilan kechgan o‘rtoqlik uchrashuvi "Lokomotiv" uchun bu yilgi qishki yig‘in hisobidan oxirgi nazorat bahsi bo‘ldi.

"Temiryo‘lchilar" qishki yig‘inga 10 yanvardan kirishgandi. O‘tgan vaqt davomida "Loko" 11 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, shundan 6 tasida g‘alaba qozondi, 4 marta durang qayd etdi va bir bor mag‘lub bo‘ldi.

19 yanvar. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 1:0
Gol: Odiljon Abdurahmonov, avtogol

22 yanvar. "Lokomotiv" - "Qo‘qon-1912" 2:1
Gollar: Sherzod Fayziev, Kaxi Maxaradze.

26 yanvar. "Lokomotiv" - "Buxoro" 0:0

29 yanvar. "Lokomotiv" - "So‘g‘diyona" 2:3
Gollar: Jasur Jaloliddinov, Diyorjon Turopov.

5 fevral. "Lokomotiv" - "Ontustik Akademiyasi" (Qozog‘iston) 3:0
Gollar: Timur Usmonov, Muhammadanas Hasanov 2ta.

5 fevral. "Lokomotiv" - "Nurafshon" 2:1
Gollar: Ali Abdurahmonov, Sherzod Komilov.

9 fevral. "Lokomotiv" - "Yangiyer" 2:0
Gollar: Diyorjon Turopov, Jerom Etame.

12 fevral. "Lokomotiv" - "Surxon" 0:0

16 fevral. "Lokomotiv" - "Turon" 0:0

19 fevral. "Lokomotiv" - "Qo‘qon-1912" 2:2
Gollar: Kaxi Maxaradze, Islom Qobilov.

24 fevral. "Lokomotiv" - "Mash’al" 2:1
Gollar: Diyorjon Turopov 2ta.

"Lokomotiv" 4 mart kuni safarda "Qizilqum"ga qarshi o‘yin bilan Superliga 1-turni boshlaydi. Olmaliq shahrida bo‘lib o‘tadigan bahs 18:30da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!