“Lokomotiv”ni engan “Al Duhail” Tursunovning jamoasini ham ayamadi

  • 10 mart, 2018, 11:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Qatar Yulduzlar ligasida 20-tur o‘yinlari start oldi. OChL 3-turida “Lokomotiv”ni 3:2 hisobida mag‘lub etgan “Al Duhail” hamyurtimiz Sanjar Tursunov to‘p tepadigan “Al Xaritiyat” mehmoni bo‘ldi.

Tecno

Mazkur qarama-qarshilikda Jamol Belmadi shogirdlari mezbonlar darvozasiga oz emas, ko‘p emas javobsiz 5 ta to‘p yo‘llashdi.

Tursunov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 24-daqiqada ogohlantirish olib, 67-daqiqada zahiraga olindi.

Ma’lumot uchun, “Lokomotiv” – “Al Duhail” o‘yini 12 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Qatar Yulduzlar ligasi. 20-tur

“Al Xaritiyat” – “Al Duhail” 0:5 (0:2, 0:3)

Gollar: Muhammad Musa (26), Ismoil Muhammad (36), El Arabi (56), Msakni (82, 84).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!