
"Lokomotiv"ning asosiy tarkibi bilan birga U-21 jamoasi ham Antaliyada yig‘in o‘tkazadi
«Lokomotiv» yangi mavsum uchun tayyorgarlikni 9 yanvar kunidan boshlaydi.
“Temiryo‘lchilar” shu kuni o‘z qarorgohida yig‘iladi. Yangi mavsumga tayyorgarlikning birinchi qismi Toshkentda o‘tkaziladi.
7 fevral kuni esa «Lokomotiv»ning U-21 hamda asosiy jamoalari o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari uchun Turkiyaga jo‘nab ketadi.
Asosiy jamoa Antaliyaning Lara shahrida, yoshlar jamoasi esa Belek shahrida yig‘inlar olib borishadi.
Antaliyadagi yig‘inlar 21 fevralda yakunlanadi.
“Lokomotiv” matbuot xizmati.
Fikrlar