"Lokomotiv"ning sobiq legioneri o‘ziga boshqa jamoa topdi
O‘tgan mavsumda “Lokomotiv” safida to‘p surgan ispaniyalik himoyachi Diego Bardankani bilsangiz kerak. Legioner futbolchi Toshkent klubidan keyin Polshaning mahalliy “Pusha” jamoasidan qo‘nim topgandi. Ma’lum bo‘lishicha, Bardanka u erda ham uzoq qolmagan. Sababi, klubini o‘zgartirdi.
Endilikda Diego Bardanka joriy mavsum boshidan Tailand chempionati etakchilaridan biri “Buriram Yunayted” sharafini himoya qilyapti. Bu xabarni futbolchining o‘zi ham tasdiqladi.

“Loko”ning sobiq legioneri yangi jamoasi bilan Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida qatnashish imkoniyatiga juda yaqin kelgandi. Ammo pley-offda Janubiy Koreyaning “Tegu” klubiga qarshi maydonga tushib yutqazib qo‘yishdi. Asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etildi, penaltilar seriyasida 3:2 natijasi bilan Bardanka jamoasi engildi. Ushbu bahsda Diego ham to‘p surgandi. Hozirda asosiy e’tibor ichki chempionatga qaratilgan.

Fikrlar