"Lokomotiv"ning zaxirada qolib ketgan sobiq legioneri o‘ziga yangi jamoa topdi!

  • 23 iyul, 2021, 21:34
  • 0
  • Futbol

Mavsum avvalida “Lokomotiv” tarkibiga qo‘shib olingan ispaniyalik himoyachi Diego Bardankaning mazkur jamoadagi ishlari yurishib ketmadi. Chunki o‘tgan oyning o‘rtalaridayoq jamoa bilan xayrlashgani haqida xabar berganmiz.

U “Lokomotiv”ning asosiy tarkibida o‘z o‘rnini topa olmadi. Natijada “temiryo‘lchilar”ning to‘rtta o‘yinida maydonga tushdi xolos. Qolgan uchrashuvlarda zaxirada qolib ketgan. Shu tariqa, Bardanka klubni tark etgandi.

bardanka5

Bugun esa ispaniyalik himoyachi o‘ziga yangi jamoa topgani ma’lum bo‘ldi. U Polsha birinchi divizionida ishtirok etayotgan “Pusha” jamoasi bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.

“Lokomotiv”ning sobiq legioneri bilan kelishuvga erishilganligi borasida “Pusha” futbol klubi matbuot xizmati rasman xabar berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!