Lomachenko va Kambosos o‘rtasidagi jangda kim favorit? Xegay javob qildi
Ukrainalik bokschi Arnold Xegay Jorj Kambosos va Vasiliy Lomachenko o‘rtasidagi bo‘lajak jang haqida gapirdi.
“Menimcha, Vasiliy katta ehtimol bilan g‘alaba qozonadi. Chunki u kuchliroq. Biroq Vasiliyning imkoniyatlari yaxshiroq bo‘lsa-da, raqibiga past baho bermasligiga ishonchim komil, - dedi Xegay.
Eslatib o‘tamiz, Vasiliy Lomachenko(17-3) va Jorj Kombasos(21-2) o‘rtasidagi jang 12 may kuni Avstraliyaning Pert shahrida bo‘lib o‘tadi. G‘olib IBF yo‘nalishi bo‘yicha engil vazn toifasida jahon chempioni kamariga ega bo‘ladi.
Fikrlar