London klubi bosh murabbiylikka portugaliyalik mutaxassis nomzodini ko‘rib chiqmoqda

  • 21 aprel, 2023, 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Vest Xem" klubi rahbariyati hozircha bosh murabbiy Devid Moyesning jamoadagi kelajagi borasida yakuniy qarorga kelishmagan. Ammo The Guardian nashrining yozishicha, “bolg‘achilar” muvaffaqiyatsiz mavsumdan keyin bosh murabbiyni o‘zgartirishga moyil.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Paulo Fonseka "Vest Xem" bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda. 50 yoshli portugaliyalik mutaxassis ayni damda «Lill» klubi bilan Frantsiya chempionatida faoliyat yuritmoqda.

Qayd etilishicha, “Vest Xem” 2018 yilda ham Fonsekaning nomzodini ko‘rib chiqqandi.

Eslatib o‘tamiz, "Vest Xem" hozirda APL turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda. Londonliklarni quyi ligadan atigi 4 ochko ajratib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!