London klubi "Real" bilan futbolchi bo‘yicha kelishuvga erishdi

  • 01.09.2026 19:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» Madrid yarim himoyachisi Manuel Anxel faoliyatini Angliyada davom ettiradi. Ijtimoiy tarmoqlarda insayder Fabrizio Romano tarqatgan ma'lumotlarga ko‘ra, Londonning «Fulxem» jamoasi 22 yoshli futbolchi bilan shartnoma borasida kelishuvga erishgan.

Shartnoma shartlariga muvofiq, «Qirollik klubi» Manuel Anxelning keyingi ehtimoliy transferi amalga oshsa, o‘sha bitimdan ma'lum ulush oladi.

O‘tgan mavsum Ispaniya chempionatida yosh futbolchi jami to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi va gol yoki golli uzatma bilan ajralib tura olmadi.

Angliya premer-ligasining dastlabki ikki turida «Fulxem» ketma-ket mag‘lubiyatga uchradi. Hozircha London klubi turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!