Lopes: "Qirol qirol bo‘lib qolaveradi!"

  • 10 fevral, 2024, 11:06
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Birinchi yarim o‘rta vaznda WBO yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Teofimo Lopes(20-1, 13 KO) Jameyn Ortis(17-2-1, 8 KO) bilan jang natijalarini sarhisob qildi.

Tecno

Biz jang qilishni istamagan jangchilarga ta’sir qila olmaymiz. Siz qon, ter va ko‘z yoshlarini to‘kishga tayyor holda jangga kirasiz. Agar bunga tayyor bo‘lmasangiz, mening sportimni tark eting. Men chempionman. Men siz uchun qo‘limdan kelganini qilishga harakat qildim. Men hatto har doim harakat qilishga, oldinga borishga intildim, lekin Ortis jang qilishni xohlamadi. Kim men bilan ringga chiqmoqchi bo‘lsa, keling. Men chempion va qirolman. Qirol har doim qirolligicha qoladi”, – dedi Lopes jangdan so‘ng.

Eslatib o‘tamiz, 9 fevral kuni Teofimo Lopes  WBO kamari himoyasi uchun jangda Jemeyn Ortisni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etdi. Ushbu jang juda ham ko‘p savollarga sabab bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!