
Lorente faoliyatini A Seriyada davom ettiradi
“Tottenxem” klubi sobiq forvardi Fernando Lorente faoliyatini Italiyada davom ettirishga juda yaqin turibdi.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 34 yoshli futbolchi bilan “Latsio” jiddiy qiziqib qolgan. Rimliklar uning agenti bilan muzokaralar o‘tkazmoqda va tomonlar deyarli kelishuvga erishishgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Lorentega shuningdek “Inter”, “Napoli” va “Fiorentina” klublaridan ham qiziqishlar mavjud ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar