Lorenteni yana Londonga qaytarishmoqchi

  • 12.01.2020 18:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Tottenxem” klubi rahbariyati aprelga qadar savdan chiqqan jamoa to‘purari Xarri Keyn o‘rniga munosib hujumchi qidirmoqda.

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shporlar” ayni damda “Napoli”da to‘p surayotgan sobiq hujumchisi Fernando Lorenteni Londonga qaytarishmoqchi. Ular 34 yoshli ispaniyalik futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Lorente joriy mavsum A Seriyada 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!