Loris noma’lum muddatga safdan chiqdi

  • 5 oktabr, 2019, 20:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi darvozaboni Ugo Loris katta ehtimol bilan uzoq muddatga safdan chiqdi.

Tecno

Gap shundaki, frantsiyalik posbon bugun APLning 8-turidan o‘rin olgan “Brayton”ga (3:0) qarshi o‘yinda chap qo‘li bilan erga noto‘g‘ri quladi. Hozircha uning sog‘ligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q, biroq Loris maydonni zambilda va kislorod niqobida tark etdi.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli Loris joriy mavsum “Tottenxem” safida 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 16 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!