
Luis de la Fuente: "Raqiblar Yamalga nisbatan o‘ta tajovuzkor o‘ynashmoqda"
Ispaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente raqiblarning Lamin Yamalga qarshi qo‘pol o‘yini haqida gapirdi.
- Yamal haqida qanday fikrdasiz?
-U ajoyib axloq va fazilatlarga ega. Laminda o‘ziga xos iste’dod bor.
- Ko‘ryapmizki, deyarli barcha raqib futbolchilari yosh iste’dodga nisbatan o‘ta qo‘pol o‘yin ko‘rsatmoqda. Sizningcha, tajovuzkorlik himoyalanishning eng yaxshi usulimi?
-Qoidalar ruxsat bergani qadar o‘ynash kerak. Vaziyat o‘zgarsa, uni baholay oladigan inson - hakam bor. Ammo bugun ko‘rdikki, referi daniyaliklarga istaganicha qo‘pol o‘ynashga qo‘yib berdi.
Hozirdan ana shunday holatlar ro‘y bersa, biz qanday qilib yoshlarga qo‘rqmay imkoniyat taqdim eta olamiz. Ammo Lamin Yamal ham sekin-asta bunga ko‘nikishi va o‘z ustida ishlashda davom etishi kerak.
Fikrlar